12:30 / 14.12.2022
1 669

Britaniya dengiz piyodalari Ukrainadagi maxfiy operatsiyalarda qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi

Britaniya dengiz piyodalari Ukrainadagi maxfiy operatsiyalarda qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi
Foto: EPA
General-leytenant Robert Magovan Buyuk Britaniya dengiz piyoda qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Ukrainada «yuqori darajali siyosiy va harbiy xavfga ega» maxfiy operatsiyalarda qatnashayotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Times gazetasi generalning Globe and Laurel dengiz piyodalari jurnali uchun yozgan maqolasiga tayanib xabar bermoqda. General bu qo‘shinlarga 2021 yil aprelidan 2022 yil mayigacha qo‘mondonlik qilgan.

Robert Magovanning so‘zlariga ko‘ra, 350 dan ortiq dengiz piyodalari Ukrainaga yil boshida, Rossiya maxsus operatsiya haqida e’lon qilishidan avvalroq yuborilgan. Bu Britaniyaning Kiyevdagi elchixonasi diplomatlarini qo‘riqlash uchun qilingan.

Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari vakili Times'ga ma’lum qilishicha, dengiz piyodalari Ukrainaga Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi diplomatik ishtirokini qo‘llab-quvvatlash uchun jo‘natilgan va jangivar funksiyalarni bajarmagan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi britaniyalik harbiylarni oktabr oyida Qora dengiz floti infratuzilmasiga berilgan zarbalarga aloqadorlikda ayblagan edi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa ayblovlarni rad etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya dengiz piyodalari Ukrainadagi maxfiy operatsiyalarda qatnashayotgani ma’lum bo‘ldi