14:03 / 14.12.2022
1 008

Ekologik faollar Ozarbayjondagi Lochin koridorini to‘sib qo‘ydi

Ekologik faollar Ozarbayjondagi Lochin koridorini to‘sib qo‘ydi
Joriy yilning 12 dekabr kuni Ozarbayjonning norozilik bildirgan ekolog faollari Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ni bog‘lovchi Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishdi, deb xabar bermoqda Sputnik Armaniston Telegram kanali.

Ozarbayjon faollarining o‘zlari Tog‘li Qorabog‘ning tabiiy boyliklarini ekspluatatsiya qilishni to‘xtatish talabi bilan kelganliklarini aytishgan.

Xabar qilinishicha, ular tinchlikparvar kuchlarning iltimoslariga e’tibor bermayapti, ular chodirlar o‘rnatishga urinmoqda va Rossiya tinchlikparvar kontingenti rahbari general-mayor Andrey Volkov bilan uchrashishni talab qilmoqda.

«Talablarimiz bajarilmaguncha, biz yo‘lni ochmaymiz», – deydi faollardan biri.

Armanistonning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Edmon Marukyanning aytishicha, bu kabi harakatlar 2020 yilgi uch tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonotni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekologik faollar Ozarbayjondagi Lochin koridorini to‘sib qo‘ydi