10:18 / 16.12.2022
1 315

Sobiq jahon chempioni qamoqdan chiqarildi, endi Britaniyadan chiqarib yuboriladi

Sobiq jahon chempioni qamoqdan chiqarildi, endi Britaniyadan chiqarib yuboriladi
Foto: RG
Boris Bekker Britaniya qamog‘idan ozodlikka chiqarildi. PA Media yozishicha, u vatani Germaniyaga deportatsiya qilinadi.

«Ulkan toj» turnirlarining olti karra chempioni, yaqin o‘tmish tennis yulduzi Boris Bekker shu yil may oyida Buyuk Britaniyada 2,5 yil muddatga qamalgandi.

2022 yilning aprelida Britaniya sudi Bekkerni yuz minglab yevro va funt sterlinglarni noqonuniy yashirishda aybdor deb topdi. U o‘z kompaniyasini bankrot deb e’lon qilganidan so‘ng, qarzlarni to‘lamaslik uchun, firib bermoqchi bo‘lgandi.

Bekker Britaniya qamoqxonalariga yuklamani kamaytirish dasturi sharofati bilan erta chiqarildi.

G‘arbda moliyaviy jinoyatlar uchun jazo og‘ir — qoralovchi suddan Bekkerni yetti yil muddatga qamashni so‘ragandi. Sud 2,5 yil berdi, yoz-kuz o‘tdi, sobiq tennischi hademay yangi yilni Germaniyada kutib oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo