
Misr hukumati O‘rta yer dengizidagi Nargis qudug‘ida katta tabiiy gaz zahirasi topilganini bildirdi.
Misrning al-Ahram gazetasi xabariga ko‘ra, neft va mineral resurslar vaziri Tariq al-Molla energiya qo‘mitasi yig‘ilishida yangi topilma yuzasidan bayonot berilgan.
Vazir Misrdagi birinchi dengiz burg‘ilash qudug‘i bo‘lgan Nargis konidagi gaz zahirasini baholash hali yakuniga yetmaganini aytib, bu zahira Zohr konidan keyingi eng muhim topilma ekanini bildirdi.
Mollaning aytishicha, ushbu quduqdagi zahira miqdori haqida batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
2015 yili Italiyaning Eni kompaniyasi Misr qirg‘oqlari yaqinidagi Zohr hududida tabiiy gaz konini topgandi.
Yangi konda 3,5 trillion kub gaz zaxirasi borligi taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar