16:54 / 22.12.2022
3 000

Putin Medvedev orqali Xitoy rahbariga qanday murojaat yetkazgani ma’lum bo‘ldi

Putin Medvedev orqali Xitoy rahbariga qanday murojaat yetkazgani ma’lum bo‘ldi
Foto: «Kommersant’»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Xitoyga safari yuzasidan izoh berdi.

Ushbu tashrif chog‘ida Medvedev Xitoy raisi Si Szinpinga Vladimir Putinning murojaatini yetkazgan edi. Peskovning aytishicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida «ish yuzasidan murojaatlar va boshqa messej (xabar)lar bilan ayirboshlashuv» doimiy ravishda olib boriladi.

«U ikki tomonlama aloqalar, xalqaro aloqalar va ilg‘or aloqalarga taalluqli edi. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi sheriklikka. Strategik sheriklikka», — deya matbuot kotibi murojaat mazmunini izohladi.

Shuningdek, u Medvedev prezident bilan muntazam muloqotda bo‘lishini ta’kidladi. «Safar yakunlari bo‘yicha muloqot yoki hisobot bo‘lganini aniq bilmayman. Lekin shubham yo‘qki, imkoniyat yuzaga kelishi bilan, bu amalga oshadi», — dedi Kreml vakili.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va XXR yetakchisi Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuv 21 dekabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tdi. Ular o‘zlari rahbarlik qiladigan partiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish haqida kelishib oldi, shuningdek, ikki mamlakatning umumiy hamkorligi va Ukrainadagi nizoni muhokama qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Medvedev orqali Xitoy rahbariga qanday murojaat yetkazgani ma’lum bo‘ldi