09:00 / 26.12.2022
1 589

Olimlar Misr fir’avni Ramzes II ning yuzini qayta tikladi (video)

Olimlar Misr fir’avni Ramzes II ning yuzini qayta tikladi (video)
Foto: Daily Mail
Olimlar Misr fir’avnlaridan biri Ramzes II ning yuzini rekonstruksiya qildi. Bu haqda The Daily Mail xabar berdi.

Misr hukmdorining o‘limidan 3 200 yil o‘tib uning yuz xususiyatlari qayta tiklandi. Buning uchun Misr va Angliyadan kelgan mutaxassislar bosh suyagini kompyuter tomografiyasidan o‘tkazdi va 3D modelini yaratdi. Fir’avnning tashqi qiyofasi texnologiya yordamida «yoshartirildi».

Bosh suyagining 3D modelini yaratgan Qohira universitetidan Sahar Salimning aytishicha, modellash natijada «kelishgan» hukmdor paydo bo‘lgan. Fir’avn Ramzes II buyuk jangchi bo‘lib, Misrda 66 yil hukmronlik qilgan.

Olimlar uchun eng qiyini hukmdorning sochi, ko‘zi va terisining rangini aniqlash bo‘lgan. Ular individual xususiyatlar, masalan, yuzdagi ajinlar haqida ma’lumotga ega emasdi. Fir’avnning aniq portretiga imkon qadar yaqinroq bo‘lish uchun mutaxassislar Sahroi Kabirdagi hamkasblariga tegishli so‘rov yuborib, fir’avn haqidagi saqlanib qolgan yozma matnlarni o‘rgangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo