date

Turkiyaning Berlindagi elchixonasida Erdo‘g‘anning Gitler obrazidagi surati paydo bo‘ldi

Turkiyaning Berlindagi elchixonasida Erdo‘g‘anning Gitler obrazidagi surati paydo bo‘ldi

Turkiya Respublikasining Germaniya poytaxti Berlin shahridagi elchixonasida Rajab Tayib Erdo‘g‘anning nasistlar etakchisi Adolf Gitler qiyofasidagi suratini ko‘rish mumkin bo‘ldi, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Xabarlarga ko‘ra, rassomlar turk rahbarining suratiga Gitlerning o‘ziga xos belgilari: ikki yoni qisqartirilgan mo‘ylov va nasistlar qo‘lbog‘ini chizishgan. Bundan tashqari, elchixonada «U qaytdi» degan ibora ham paydo bo‘lgan. Tasvir elchixona binosiga bevosita osilmay, proektor vositasida namoyish etilgan.

Nashrning aniqlashicha, Pixel Helper nemis guruhi faollari ushbu g‘oya mualliflaridir. Ular o‘zlarining aksiyasi bilan Turkiyada ikki nafar jurnalistning qamalishiga noroziligini izhor qilishgan.

«Biz nemislar diktaturaning ilk damlarida qanday bo‘lishini yaxshi bilamiz. Nasistlar tuzumining dastlabki bosqichlari va Erdo‘g‘an Turkiyasining o‘xshashligi xavotir uyg‘otadi», — degan guruh a’zolaridan biri Oliver Bienkovskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Erdo‘g‘an «kech bo‘lmasdan avval to‘xtatilishi lozim».

Bundan avval, Erdo‘g‘an Gitler davri Germaniyasini, prezidentlik boshqaruvining eng samarali namunasi deb baholagan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaning Berlindagi elchixonasida Erdo‘g‘anning Gitler obrazidagi surati paydo bo‘ldi