23:32 / 27.12.2022
1 139

Rossiyada urushda qatnashishdan bosh tortgan harbiy qariyb 2 yilga koloniyaga hukm qilindi

Rossiyada urushda qatnashishdan bosh tortgan harbiy qariyb 2 yilga koloniyaga hukm qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi ma’muriy markazi bo‘lgan Petropavlovsk-Kamchatskiy shahridagi 35-garnizon harbiy sudi harbiy xizmatchi Aleksey Breusovni urush davrida buyruqqa rioya qilmaslik va jangovar harakatlarda qatnashishdan bosh tortish moddasi bo‘yicha aybdor deb topib, bir yil-u sakkiz oyga koloniyaga hukm qildi. Bu haqda sudning veb-saytiga tayanib, Meduza xabar berdi.

Jinoiy ish materialida qayd etilishicha, 6 oktabr kuni Breusov, Petropavlovsk-Kamchatskiy garnizoni bo‘yicha Tergov qo‘mitasining harbiy tergov bo‘limida bo‘la turib, Qurolli Kuchlardagi ichki xizmat nizomini, shuningdek, Qurolli Kuchlarning intizomiy qonunchiligini buzgan holda, Rossiyada e’lon qilingan safarbarlik, jangovar harakatlarda qatnashishni istamagan, harbiy harakatlarda qatnashishdan bosh tortgan, ya’ni harbiy qism komandirining buyrug‘iga binoan «maxsus harbiy operatsiya» zonasiga jo‘nab ketishdan bosh tortgan.

Harbiy xizmatchi Tinch okean floti sudiga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilgan.

Rossiyada safarbarlik boshlanishidan oldin Davlat Dumasi mamlakat Jinoyat kodeksiga «safarbarlik davrida yoki harbiy holat davrida» sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni kuchaytiruvchi qator tuzatishlarni ma’qullagan edi. Xususan, bu buyruqni bajarmaslik haqidagi moddaga ta’sir qildi: ilgari, faqat «jiddiy oqibatlar» bo‘lsa, qonunbuzarlarni qamash mumkin edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada urushda qatnashishdan bosh tortgan harbiy qariyb 2 yilga koloniyaga hukm qilindi
ePN