19:10 / 30.12.2022
5 637

Arablarning dindan qaytayotganini bong urgan G‘arb matbuoti sukutda qoldi

Arablarning dindan qaytayotganini bong urgan G‘arb matbuoti sukutda qoldi
2019 yilda G‘arb ommaviy axborot vositalari qanday hayajonlanganini ko‘pchilik eslaydi. Chunki Arab Barometer tashkilotining tadqiqoti arablar kamroq dindor bo‘lib borayotganini ko‘rsatgan edi.

VVS'ning arab bo‘limi buyurtmasi bo‘yicha Prinston universitetida olib borilgan tadqiqot loyihasi ko‘plab yirik arab davlatlarida 25 000 ga yaqin odamni qamrab olgan keng ko‘lamli tadqiqot edi.

Respondentlarga oilaviy hayot, siyosat va din kabi turli mavzularda savollar berildi.

VVS o‘z maqolasini quvonch bilan “Arablar dindan yuz o‘giryaptimi?” degan sarlavha bilan chop etgan edi.

O‘shanda bu haqdagi xabarda: 2013 yildan beri mintaqa bo‘ylab o‘zini «diniy emas» deb ta’riflaganlar soni 8 foizdan 13 foizga ko‘tarildi. Tadqiqotga ko‘ra, eng katta o‘sish 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida kuzatilgan, ularning 18 foizi o‘zini dinsiz deb hisoblaydi. Faqat Yamanda bu toifadagi pasayish kuzatilgani yozilgan edi.

Boshqa G‘arb OAVlari ham xuddi shunday hayajonda edi: The Guardian shunday deb yozdi: «Arab dunyosi dindan yuz o‘girmoqda». «Tayms»ning sarlavhasi bundan ham dahshatli: «Arablar islomchilarning harakatlariga javoban o‘z dinlarini yo‘qotmoqda».

Liberallar, g‘arbparastlar va dinsizlar qalpog‘ini osmonga ota boshladi: “Nihoyat, sotsial liberalizmni arab dunyosiga singdirishimiz o‘z samarasini bermoqda! Oxir-oqibat, musulmon oilasi tizimi buziladi, LGBT 2+ jamiyati ko‘payadi va musulmon dunyosi deb nomlanuvchi bu oxirgi qarshilikda liberal g‘oyalar amalga oshadi!” degan orzulari amalga oshayotgandek edi, go‘yo.

Shunga qaramay, o‘shanda ham ko‘plab «tahlilchilar» xulosalarida ehtiyot bo‘lishni maslahat berishgan edi, masalan, Shodi Hamid yoki hatto 2020 yilda Arab Barometer direktori Maykl Robbins shunday deyishgan:

Shunisi e’tiborga loyiqki, mintaqaning istalgan davlatida fuqarolarning ozchilik qismigina o‘zini dinsiz deb hisoblaydi. Umuman olganda, mintaqa dindor bo‘lib qolmoqda va hozirgi tendensiyalar asosida kelgusi yillarda ham shunday bo‘lib qoladi”.

Ammo Arab Barometer muntazam ravishda bunday so‘rovlarni o‘tkazib turadi va uning 2021 yilda chiqarilgan “VI to‘lqin”i liberal dinsizlar uchun yomon yangilik bo‘ldi.

Biz Jazoir, Iroq, Iordaniya, Livan, Liviya, Marokash va Tunis kabi mamlakatlarni ko‘rib chiqamiz. Chunki bular mavjud ma’lumotlar (hozirda), lekin siz tendensiyalarni kengroq arab dunyosiga umumlashtirishingiz mumkin (xuddi shunday bo‘lgani kabi) Saudiya Arabistoni kabi muhim davlatni o‘z ichiga olmagan 2018 so‘rovida).

Bu 2018 yilda «V to‘lqin» kashf etgan narsa, ya’ni butun liberal dunyoni xursand qilib, hayajonga solgan natijalar:


Endi buni 2021 yilgi «VI to‘lqin» bilan solishtiring:

Biz ko‘rib turganimizdek: Livandan tashqari, barcha boshqa mamlakatlarda «diniy» toifa katta o‘sishni boshdan kechirdi, Marokashda deyarli ikki baravar va Jazoirda deyarli uch baravar ko‘paydi, shu bilan birga «biroz dindor» va «diniy bo‘lmagan» toifalarni "yutib yuborgan”...

Bundan tashqari, Livanga kelsak, agar siz statistikaga e’tibor qaratsangiz, dindorlik haqiqatan ham pasaygan, ammo bu dunyoviylashgan nasroniylar tufaylidir. Xullas, 2018 yilda «Islom o‘layapti» deb xursand bo‘lgan nasroniy missionerlarning bu so‘nggi raqamlardan xursand bo‘ladigan joyi yo‘q.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, arablarning islomga munosabati tobora kuchayib bormoqda.

G‘arb ommaviy axborot vositalari 2019 yilda shunday jo‘shqinlik va shodlik bilan bo‘lgani kabi bu so‘nggi statistik ma’lumotlarni e’lon qilmaganining asl sababi nimada?

Yoqub Umar tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo