
Yangi yil kechasi Ukraina osmonida jami 45 ta Shahed-131 va Shahed-136 dronlari urib tushirildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga tayanib, «RBK-Ukraina» xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 1 yanvarga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qilishga uringan, biroq havo hujumidan mudofaa kuchlari va Ukraina qo‘shinlarining boshqa bo‘linmalari ularni zararsizlantirgan. Xususan, ukrainalik himoyachilar 2022 yil so‘ngida 13 ta rus dronini, yangi yilda esa yana 32 ta dronni yo‘q qilgan.

Yangi yil oqshomida butun Ukraina bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish trevogalari yangradi. Kiyev va Kiyev viloyatida portlashlar eshitildi. Mahalliy hokimiyat xabariga ko‘ra, Shevchenkovskiy tumanida vayron qilingan raketaning bo‘laklari avtomobil ustiga tushgan.
Muhim infratuzilma obyektiga raketa tegib ketgani sababli, zarba Xerson va uning atrofidagi aholi punktlarini elektr energiyasidan mahrum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar