
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 31 dekabr kuni 82 nafar rossiyalik askar Ukrainadagi asirlikdan qaytganini ma’lum qildi.
«Ular idoraviy tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Moskvaga yetkaziladi», — deyiladi vazirlik xabarida.
TASS tomonidan «LXRda inson huquqlari bo‘yicha komissari» sifatida ta’riflangan Viktoriya Serdyukova «Lugansk xalq respublikasi» deb atalgan hududdan 40 dan ortiq harbiy xizmatchi almashilganini aytgan, ammo uning hisobotida ular harbiy xizmatchilar ekanligi aniq emas. Ular Rossiya tomonidan berilgan ro‘yxatiga kiritilgani yoki alohidaligi ham ma’lum qilinmagan.
Ukraina ham mahbuslar almashinuvini tasdiqladi. Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermakning aytishicha, 140 nafar ukrainalik vataniga qaytgan.
«Ukraina Qurolli kuchlaridan 82, Hududiy himoyadan 15, Ukraina Milliy gvardiyasidan 22, Harbiy-dengiz flotidan 11 va Davlat chegara xizmatidan 10 nafar», — deb yozadi u. Yermak ism-shariflarini aytmagan, lekin ularning 132 nafari erkak va 8 nafari ayol, 22 nafari ofitser va 118 nafari serjant va askarlar ekanini ma’lum qilgan.
Ukrainaning harbiy huquqlar bo‘yicha komissari Olena Verbitska juma kuni Germaniyaning RND nashriga bergan intervyusida hozirda 3400 ga yaqin ukrainalik harbiylar Rossiya asirligida ekanini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar