
Foto: TASS
Rossiyada 1 martdan svetoforning yangi signali joriy etiladi. Piyoda va yo‘nalish ko‘rsatkichi ifodalangan oq rangli tasvir haydovchini piyodalar o‘tish joyi borligidan, undan piyodalar yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi.
Oq rang svetoforning asosiy ranglari ostida joylashtiriladi. Bu haydovchilarning e’tiborini jalb qilishi kerak. Bunday signal allaqachon ayrim hududlarda sinovdan o‘tkazilgan va yuqori samaradorlikni ko‘rsatib, avariyalar darajasini pasaytirgan.
Ushbu signal yangi qoidalarni kiritmaydi, chunki haydovchi baribir chorrahada piyodalarga yo‘l berishga majburdir. Uning asosiy maqsadi - haydovchini ogohlantirish, qo‘shimcha ma’lumot berish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar