date
views 807

Putin Rojdestvoni Kremlda yolg‘iz kutib oldi

Putin Rojdestvoni Kremlda yolg‘iz kutib oldi
Foto: Kreml matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 yanvarga o‘tar kechasi Moskva Kremlining Blagoveshensk soboridagi Rojdestvo ibodatiga tashrif buyurdi.

«Interfaks» xabariga ko‘ra, prezident ibodatga yolg‘iz kelgan, boshqa dindorlar bo‘lmagan. Putinni Sergeyevo-Posadskiy yeparxiyasining Klinskiy okrugi ibodatxonalari bosh popi, iyeromonax Iosif kutib olgan.

Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarga qaraganda, ibodatda bir nechta ruhoniylar qatnashgan.

2022 yil yanvarida ham Putin Rojdestvoni yolg‘iz — o‘zining Novo-Ogaryovodagi qarorgohi hududidagi butxonada kutib olgandi. O‘shanda Kreml buni «epidemiologik ehtiyot choralari» bilan izohlagandi.

Undan avvalgi yillarda, masalan, 2019, 2020, 2021 yillarda ibodatga Putin bilan birga boshqa odamlar ham borgandi.

«Interfaks» ma’lumotlariga ko‘ra, bungacha Rossiya prezidenti Rojdestvo chog‘ida Moskvada qolishi bilan bog‘liq holat ikki marta — 2000 va 2001 yillarda kuzatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rojdestvoni Kremlda yolg‘iz kutib oldi