
Foto: armenpress.am
Turkiya terrorizmga qarshi kurash uchun Armaniston bilan chegaradagi Ararat tog‘ida harbiy baza qurmoqda. Bu haqda turk OAVlariga tayanib, "Armenpress" agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, baza modulli dizaynga ega bo‘lib, dengiz sathidan 2,1 ming metr balandlikda joylashadi.
U zamonaviy tungi ko‘rish kuzatuv texnologiyalari va avtonom qurol tizimlari bilan jihozlanishi kutilmoqda.
1921 yilgi Moskva shartnomasiga binoan Ararat tog‘i Turkiyaga o‘tdi. Tog‘ etagidan Armaniston poytaxti Yerevangacha bo‘lgan masofa 39 km.ni tashkil etadi.
Avvalroq, Turkiya Armanistonni havoda yuk tashish taqiqi bekor qilingani haqida rasman xabardor qilgani xabar qilingandi.
Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vaan Hunanyan mamlakat uchinchi davlat fuqarolarining Armaniston va Turkiya o‘rtasidagi quruqlik chegarasini kesib o‘tish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha kelishuvning amalga oshirilishini kutayotganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar