
Foto: sabah.com
Turkiya politsiyasi Istanbulda yangi yil arafasida terakt uyushtirishni rejalashtirgan «Islomiy davlat» (ID) terrorchilik guruhining ikki a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda 7 yanvar kuni Sabah gazetasi xabar berdi.
Gumonlanuvchilar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi. 31 dekabr kuni, Yangi yil bayramiga bir necha soat qolganda ular Istanbulning Boshoqshehir tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlaridan qochishga uringan. Biroq, politsiya shinalarga o‘q uzib, ularning mashinasini to‘xtatgan. Hozirda erkaklar hibsga olingan.
Ma’lum qilinishicha, ushlanganlardan biri «Abu Maymuna» laqabli Tojikiston fuqarosi K.Z.I. bo‘lib, qo‘lbola portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassis. Aniqlanishicha, u terrorchilik tashkiloti a’zolarini bunga o‘rgatgan, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ISHID foydasiga tashviqot ishlarini olib borgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olinganlar 2017 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbuldagi ko‘ngilochar markazda uyushtirilgan teraktga o‘xshash hodisani rejalashtirgan. O‘sha paytda 39 kishi halok bo‘lgan edi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, «Abu Maymuna» hibsga olingan. O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan esa deportatsiya jarayoni boshlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing