Yaponiya Ukrainaga million dollarlik dori-darmonlarni xayriya qildi

Dunyo1 daqiqa o'qish219
Yaponiya Ukrainaga million dollarlik dori-darmonlarni xayriya qildi
Foto: Peace Winds Japan
Yaponiyaning Peace Winds Japan va Japan Platform nodavlat notijorat tashkilotlari Ukrainaning urushdan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlariga 1 million dollarlik tibbiy dorilar sovg‘a qildi. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, dorilar Ukrainaning 29 ta kasalxonasiga taqsimlangan. Dori-darmonlar Chernigov, Sumi, Xarkov, Lugansk, Donetsk, Zaporojye, Kiyev viloyatlari va Kiyev shahridagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.

«Peace Winds Japan — urush zonasida qolib ketgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nodavlat tashkilot. Tashkilot dunyoning harbiy harakatlar va qurolli to‘qnashuvlarga duch kelayotgan 33 mintaqasida faoliyat yuritadi. Peace Winds Japan butun dunyo bo‘ylab favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish, rekonstruksiya va rivojlantirishda ishtirok etadi», — deyiladi bayonotda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi urush boshlanganidan beri Ukraina kasalxonalariga 1,1 million donadan va 90 turdan ortiq dori vositalari kelib tushganini eslatdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?