19:50 / 10.01.2023
603

Dunyodagi «kalamushga boy» shaharlar reytingi tuzildi

Dunyodagi «kalamushga boy» shaharlar reytingi tuzildi
Foto: Getty Images/iStockphoto
Olimlar dunyoning qaysi shaharlarida kalamushlar eng ko‘p yashashini hisoblab chiqdi. Zoologlar fikriga ko‘ra, kalamushlar soni bo‘yicha yetakchilik Amerikaning Chikago shahriga tegishli, deb yozdi Express.

2,7 milliondan ortiq aholiga ega bu shaharga 2018 yilda 58 millionga yaqin sayyoh borgan. Bu AQSH bo‘yicha ikkinchi mashhur turizm yo‘nalishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, shahar ko‘chalarida juda ko‘p miqdorda chala iste’mol qilingan fast-fud qoldiqlari kalamushlarning ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, shaharda chiqindilarni olib chiqish ham samarasiz tashkil etilgan.

«Shahar ko‘chasida kalamushdan atigi ikki metr uzoqlikda bo‘lasiz, ammo buni ko‘rmaysiz», deydi zoologlar Chikago haqida.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Los-Anjeles egallagan. Yumshoq iqlim, chiqindixonalarning ko‘pligi va kalamushlarni zaharlab o‘ldirish taqiqlangani tufayli, bu joy kulrang qaroqchilar uchun «jannatga» aylangan.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar Yevropa poytaxtlariga tegishli. Olimlarning fikricha, Londonda kamida 20 million kalamush, Parijda esa 9 millionga yaqin kalamush yashaydi.

Ammo mashhur Karni Mata kalamushlar ibodatxonasi joylashgan Hindistonning Deshnok shahri reytingning atigi beshinchi pog‘onasini egallagan. Bu ibodatxonada 20 mingga yaqin kemiruvchi yashaydi, ular uchun maxsus oshxonada ovqat tayyorlanadi. Har yili minglab ziyoratchilar kalamushlarni sharaflash uchun ibodatxonaga boradilar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo