
Foto: Etilaatroz
Kobuldagi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosiga kirishda 11 yanvar kuni xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi Etilaatroz.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga kelishi kerak edi, ammo ular portlash paytida binoda bo‘lganmi yoki yo‘q, hozircha noma’lum. Jarohatlanganlar soni 27 kishini tashkil qilmoqda. Qurbonlarning aksariyati mamlakat muvaqqat hukumatining Tashqi ishlar vazirligi yoki Madaniyat va axborot vazirligi xodimlari bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida «Tolibon»ning uch a’zosi ham bor.
«Tolibon» vakilining aytishicha, xudkush terrorchi vazirlik binosiga kirishga uringan. Jangari xavfsizlik xodimlari tomonidan to‘xtatilgan, shundan so‘ng u portlash sodir etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar