
Zambiyalik sobiq futbolchi Filemon Mulala o‘z bog‘ida itlar hujumidan halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 7 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Bog‘da 60 yoshli Mulalaning jasadi uning rafiqasi tomonidan topilgan.
Zambiya futbol assotsiatsiyasi Mulalaning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. «Bu juda fojiali yakun», dedi matbuot kotibi Sidney Mungala.
Mulala Zambiya terma jamoasi tarkibida oltita o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar