18:10 / 13.01.2023
593

Anqara Shvetsiyadagi Erdo‘g‘onga qarshi harakat yuzasidan ish ochadi

Anqara Shvetsiyadagi Erdo‘g‘onga qarshi harakat yuzasidan ish ochadi
Anqara Shvetsiyada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qarshi qaratilgan harakat yuzasidan ish ochadi. Bu haqda Turkiya yetakchisining advokati ma’lum qildi.

Advokatning hisobotida aytilishicha, Stokgolmdagi namoyishlarni uyushtirganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish talabi bilan Anqara prokuraturasiga murojaat yuborilgan.

Qayd etilishicha, Turkiyada faoliyati taqiqlangan va terrorchilik deb topilgan Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlari tomonidan Stokgolmda o‘tkazilgan mitingdan so‘ng, Erdo‘g‘onga nisbatan haqoratli so‘zlar aytilgan edi.

Bundan tashqari, xuddi shu aksiyada Turkiya prezidentiga o‘xshash qo‘g‘irchoq mahalliy hokimiyat binosi yonidagi ustunga oyoqlaridan osib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo