Amerikalik qiz «Koinot goʻzali-2022» tanlovi gʻolibi boʻldi (foto)

Dunyo1 daqiqa o'qish647
Amerikalik qiz «Koinot goʻzali-2022» tanlovi gʻolibi boʻldi (foto)
Foto: The US Sun
Amerikalik R’Bonni Gabriel Nyu-Orlean shahrida oʻtkazilgan «Koinot goʻzali-2022» tanlovida gʻolib boʻldi. Bu haqda Insider xabar berdi.

R’Bonni 2022 yili «AQSh goʻzali» unvoniga sazovor boʻlgan, u 1994 yilda Texasda tugʻilgan. Ikkinchi oʻrinni Venesueladan qatnashgan nomzod qoʻlga kiritgan. Uchinchi pogʻonani Dominikan respublikasidan kelgan ishtirokchi egallagan.

Gabriel 10 yil ichida «Koinot goʻzali» tanlovida gʻolib chiqqan birinchi AQSh goʻzalidir. 2012 yilda bu tanlovda Olivia Kulpo gʻolib boʻlgan. Tanlov davomida Gabriel «Koinot goʻzali» 28 yoshdan oshgan ayollarga tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berishiga umid bildirgan.

«Men 28 yoshdaman va bu musobaqada qatnashish uchun eng baland yosh chegarasi. Mening eng sevimli iqtibosim: Hozir boʻlmasa, qachon? Chunki ayol sifatida yosh bizni belgilamasligiga ishonaman. Hozir siz xohlagan narsangizga erishish mumkin boʻlgan vaqt», — degan u.
Amerikalik qiz «Koinot goʻzali-2022» tanlovi gʻolibi boʻldi (foto)
Foto: The US Sun
28 yoshli Gabriel Texasning Xyuston shahrida model, modeler va tikuvchilik boʻyicha oʻqituvchi. U moda dizayni boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Gabrielning AQSh goʻzali sifatidagi gʻalabasi sababli koʻplab ishtirokchilar tanlov uning foydasiga soxtalashtirilganini da'vo qilgan.

«Men hech qachon gʻalaba qozonishimni biladigan biror-bir tanlov yoki musobaqada qatnashmayman. Halollikni yoqlayman. Shaffof boʻlishni xohlayman, goʻzallik tanlovida hech qanday adolatsiz boʻlmagan va hech narsa soxtalashtirilmagan», — deydi u.
Amerikalik qiz «Koinot goʻzali-2022» tanlovi gʻolibi boʻldi (foto)
Foto: Eonline

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?