
Vopke Xukstra
Foto: EPA
Rossiyaning Ukrainaga qarshi istilochilik urushiga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — bu ukrainaliklarning g‘alabasi. Bu haqda Niderlaniya tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstra ma’lum qildi, deb yozadi Trouw.
«Shunisi mutlaqo aniq-ravshanki, hech narsaga qaramasdan, ushbu nizoni hal qilishning yagona usuli — uni jang maydonida mag‘lub qilish. Shuning uchun Ukrainaga ko‘proq qurol kerak, biz haqiqatni tan olishimiz kerak. Agar o‘z sa’y-harakatalrimizni cheklasak, shu paytgacha qilgan narsalarimizning barchasi yo‘qqa chiqadi», — dedi Niderlandiya tashqi ishlar vaziri.
Uning aytishicha, Rossiya o‘z hujumi bilan Ukraina energetika inqirozini ham keltirib chiqargan, o‘zining vayronkor xatti-harakatlari bilan iqlim o‘zgarishini tezlashtirib yuborgan.
«Sa’y-harakatlarimizni birlashtirib, bugungi muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynay olishimizga qat’iy ishonaman. Xususan, Ukrainadagi urushda ham», — dedi Xukstra.
O‘tgan yil dekabrida Vopke Xukstra Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun mamlakatda maxsus tribunal o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
NiderlandiyaUkrainadagi UrushVopke XukstraTashqi Ishlar VaziriQurol KerakEnergetika Inqirozi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar