date
views 534

Misrda fir'avnlarning 3000 yillik qabri topildi (foto)

Misrda fir'avnlarning 3000 yillik qabri topildi (foto)
Foto: Misr turizm vazirligi
Misr Qadimiy ashyolar oliy kengashi va Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti qoshidagi Yangi Qirollik tadqiqot jamgʻarmasi xalqaro ekspertlar guruhi Luksor shahrida taxminan 3000 yil avval qurilgan fir'avnlar qabrini topdi. Bu haqda Misr turizm va qadimiy ashyolar vazirligi saytida xabar berildi.

Nil daryosining gʻarbiy sohilida, Qohiradan 650 kilometr janubda joylashgan Luksor shahrida muntazam ravishda arxeologik tadqiqotlar olib boriladi, bularning natijasida shu paytgacha fir'avnlar davriga oid turli yodgorliklar, ibodatxonalar va qabrlar topilgan.

Misr Qadimiy ashyolar oliy kengashi bosh kotibi Mustafa Vaziriyning aytishicha, topilgan qabr eramizdan avvalgi 1550/1549 yildan 1292 yilgacha hukmronlik qilgan Misr fir'avnlarining 18-sulolasiga tegishli boʻlishi mumkin. Olimlarning fikriga koʻra, bino fir'avnning xotini yoki uning qizi uchun moʻljallangan. Ushbu gipoteza ob'ekt toʻgʻrisidagi hujjatlar olinganidan keyin tekshirib koʻriladi. Arxeologik ishlar davom ettiriladi.

Qabr yomon holatda saqlangan — oʻtmishda suv toshqinlari oqibatida undagi rasmlarga shikast etgan.

Foto: Misr turizm vazirligi

Foto: Misr turizm vazirligi
2022 yil dekabr oyida misrlik arxeologlar birinchi marta kompyuter texnologiyalari yordamida fir'avn Amenxotep I mumiyosining uch oʻlchamli modelini tiklagan edi. Mumiyo 3000 yil davomida saqlanib kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misrda fir'avnlarning 3000 yillik qabri topildi (foto)