14:00 / 18.01.2023
1 068

Markaziy Osiyodagi sovuq havo hatto Putinni ham hayratda qoldirdi (video)

Markaziy Osiyodagi sovuq havo hatto Putinni ham hayratda qoldirdi (video)
Markaziy Osiyodagi sovuq havo hatto Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham hayratda qoldirdi. U anomal sovuqqa oid fikrlarini hukumat bilan iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qarang, nima bo‘lyapti: Yevropada havo iliq, Turkmanistonda - bugun men prezident (Serdar Berdimuhamedov) bilan gaplashdim - minus 25. Turkmanistonda! O‘zbekistonda - minus 23” - dedi Rossiya prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligining 2023 yilgi natijasini hech kim bilmaydi. Shuning uchun Rossiya barqaror zaxiralarni saqlab qolishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 9−10 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismining shimoliy hududlari ustida shakllangan juda sovuq havo massasi kirib kelishi boshlandi.

Eng kuchli sovuq respublika shimolida kechalari −20…−25 darajagacha, Ustyurtda va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida −27…−30 darajagacha kuzatildi. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab eng past harorat qiymatlari so‘nggi marta 2008 yilning yanvar oyida kuzatilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo