date
views 330

Nursulton Nazarboyev shifoxonaga tushib qoldi

Nursulton Nazarboyev shifoxonaga tushib qoldi
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxt Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, birinchi prezident yurak operatsiyasini o‘tkazadi.

Qozog‘istonlik media menejer Aleksandr Aksyutis operatsiya bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan:

«Mening manbalarim Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini aytdi. U yurak bo‘yicha keng qamrovli tekshiruvdan o‘tadi. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, jarrohlik amaliyoti ham bo‘lishi mumkin», — deb yozdi Aksyutis juma kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev hozir 82 yoshni qarshilagan. U 2019 yil hokimiyatni amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev shifoxonaga tushib qoldi
-->