
Foto: AP Photo
Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan atigi 10 kilometr uzoqlikda «Pansir-C1» havo hujumidan mudofaa tizimi o‘rnatildi. «Sirena» Telegram kanali bu haqda ma’lumot berdi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi binosi tomiga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi o‘rnatilgan, keyinchalik bu tizim boshqa obyektlarda ham qayd etilgan. Jumladan, «Gazprom Avi» harbiy va biznes aeroporti joylashgan «Ostafevo» aerodromidan 2 kilometr uzoqlikda «Pansir-C1» tizimi o‘rnatilgan.

Foto: Google Earth
Havo hujumidan mudofaa tizimi Voskresenskoye qishlog‘i yaqinida ham qayd etilgan. Putinning Novo-Ogaryovodagi qarorgohidan atigi 10 kilometr uzoqlikdagi Zareche qishlog‘i yaqinida ham mudofaa tizimi aniqlangan.
Moskva Pantsir-S1 havo mudofaa tizimlarini o'rnatishda davom etmoqda pic.twitter.com/Uwv7nDp5h1
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) January 20, 2023
Moskva Pantsir-S1 havo mudofaa tizimlarini o'rnatishda davom etmoqda pic.twitter.com/byfadIFZUI
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) January 20, 2023
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva yaqinida jami beshta havo mudofaa tizimi o‘rnatilgani, ulardan faqat bittasi faollashgani ta’kidlanadi.
«Pansir-C1» — bu Rossiyaning quruqlikda va dengizga mo‘ljallangan o‘ziyurar zenit-raketa va qurol tizimi. Kompleks SSSR va Rossiya harbiy-sanoat kompleksining bir qator tuzilmalari tomonidan ishlab chiqilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar