Oyga borgan astronavt 93 yoshida yana uylandi

Oyga borgan astronavt 93 yoshida yana uylandi
Mashhur uchlik: (chapdan o‘ngga) Nil Armstrong, Maykl Kollinz, Bazz Oldrin.
Foto: Wikipedia

Amerikalik taniqli astronavt Bazz Oldrin o‘zining 93-tug‘ilgan kunida Anka Faur bilan nikohdan o‘tdi. Marosim Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi.

Sobiq astronom to‘rtinchi marta uylandi, kelin o‘zidan 30 yosh kichik.

63 yoshli Anka Faur Oldiringa tegishli Buzz Aldrin Ventures LLC kompaniyasida 2019 yildan buyon ishlaydi. Hozir u — kompaniya vitse-prezidenti.

Bazz Oldrin — Oyga qadami yetgan astronavtlar orasida hozir hayot bo‘lgan yagona inson. «Apollon-11» (Apollo 11) fazoviy kemasida parvoz qilgan Nil Armstrong (kema komandiri), Maykl Kollinz (asosiy blok piloti) va Bazz Oldrin (Oy bloki piloti) 1969 yilning 20 iyulida Oyga qo‘nishgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar