10:19 / 24.01.2023
313

Norvegiyada sobiq vagnerchi deportatsiya markaziga joylashtirildi

Norvegiyada sobiq vagnerchi deportatsiya markaziga joylashtirildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Norvegiyaga qochib ketgan "Vagner" XHK bo‘limining sobiq qo‘mondoni Andrey Medvedev politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Norvegiya ommaviy axborot vositalari va uning advokati xabar berdi.

Norvegiyaga qochib ketgan "Vagner" XHK bo‘linmasi sobiq qo‘mondoni Andrey Medvedev migratsiya qonuniga binoan politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda 23 yanvar, dushanba kuni Norvegiyaning NRK mediakompaniyasi immigratsiya politsiyasi xizmati yuridik bo‘limi rahbari vazifasini bajaruvchi Yon Andreas Yoxansenga tayanib xabar bermoqda.

22 yanvar oqshomida o‘z mijozining qo‘lga olingani faktini Medvedevning norvegiyalik advokati Bryunulf Risnes ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadamga sobiq vagnerchining o‘ziga yuklangan barcha xavfsizlik choralariga rioya qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. NRK ma’lumotlariga ko‘ra, Andrey Medvedev bir muddat Oslo yaqinidagi maxfiy manzilda yashagan, keyinroq Trandumdagi deportatsiya markaziga ko‘chirilgan.

Medvedev 13 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyadan Norvegiyaga qochib ketgan. Skandinaviya davlatida u siyosiy boshpana so‘radi hamda "Vagner" XHK egasi Yevgeniy Prigojin va yollanma tashkilotning o‘ziga qarshi ko‘rsatma berdi.

16 yanvar kuni Norvegiya Immigratsiya boshqarmasi (UDI) Medvedev mamlakatdan siyosiy boshpana so‘raganini tasdiqladi. Shu kuni, 16 yanvar kuni Gulagu.net portali asoschisi Vladimir Osechkin «DW Novosti Shou» dasturida o‘zi va uning huquq himoyachilari Andrey Medvedevning qochishiga qanday yordam bergani haqida gapirib berdi.

Medvedev yollanma ish paytida harbiy jinoyatchiga aylangan degan taxmin haqida gapirar ekan, Osechkin shunday dedi: "Madaniyatli odamlar sifatida biz sud va tribunalning qarorisiz odamni harbiy jinoyatchi deb atay olmaymiz".

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo