08:30 / 26.01.2023
747

Zelenskiy imzolagan qonun huquq himoyachilari tanqidiga uchramoqda

Zelenskiy imzolagan qonun huquq himoyachilari tanqidiga uchramoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Jinoyat kodeksiga harbiylarning buyruqqa rioya qilmaslik, jang maydoni yoki harbiy qismni tark etish, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligini kuchaytiruvchi o‘zgartirishlarni imzoladi.

Huquq himoyachilari bu qonunni tanqid qilib, prezidentni uni tasdiqlamaslikka chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ham o‘zgartirishlar qabul qilinishi haqida gapirgan edi.

Oliy Rada saytida xabar qilinishicha, 13 yanvar kuni deputatlar tomonidan qabul qilingan mazkur hujjat prezident Zelenskiy imzosi bilan qaytarilgan. Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, qo‘mondonga bo‘ysunmaslik, buyruqqa rioya qilmaslik, qo‘mondonga tahdid yoki zo‘rlik ko‘rsatish, sudlar harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish bilan birga qo‘mondonga bo‘ysunmaslikda aybdor deb topilgan harbiylarga jazoni qisqartirish yoki shartli ravishda ozodlikdan cheklash huquqidan mahrum bo‘ladi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilarning alkogolli ichimliklar ichishi kabi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jazo muddatlari ko‘paytiriladi.

Qonun loyihasi qabul qilinishidan avval ham huquq himoyachilari tomonidan tanqid qilingan edi. Ularning fikricha, bu harbiylarning asosiy huquqlarini sud himoyasiga ta’sir qiladigan darajada cheklaydi.

Endi sudyalar harbiy jinoyatlar bo‘yicha hukm chiqarayotganda ishning barcha holatlarini hisobga olmaydilar. Sud amaliyoti bir ovozdan – barcha harbiylar uchun qat’iy va uzoq muddatli jazo tayinlaydi. Mastlik holatida bo‘lganligi sababli xizmat joyini ruxsatsiz tark etganlar va sog‘lig‘iga ko‘ra haqiqatan ham xizmatga o‘z vaqtida kela olmaganlar ham shu jumladan”, deydi ChЕSNO huquq himoyasi harakati tahlilchisi Viktoriya Oleynik. Bu haqda "Ukrayinska pravda" xabar bermoqda.

15 dekabrda e’lon qilingan tuzatishlarga qarshi petitsiya bir yarim kun ichida ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan 25 mingdan ortiq ovoz to‘pladi.

"8271-sonli qonun loyihasi kuchga kirgach, qo‘mondonlik o‘z qarorlari ortidan misli ko‘rilmagan tanqidga uchraydi. Istalgan e’tiroz askarlarning qamalish holatlari ko‘payishiga olib keladi, hatto qarorlar muvaffaqiyatsiz jangovar boshqaruvga asoslangan bo‘lsa ham. Bu holat esa tez-tez sodir bo‘li turadi", deb yozadi petitsiya ishtirokchisi Tatyana Kostogrizenko.

Uning fikricha, Rossiya bosqinini qariyb bir yildan beri to‘xtatib turgan harbiylar “minnatdorlik" o‘rniga “qo‘mondonlarga arzimagan kelishmovchilik yoki e’tiroz uchun” qamoq jazosiga tortiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo