15:02 / 26.01.2023
279

Aleksey Navalniy o‘n birinchi marta jazo kamerasiga yuborildi

Aleksey Navalniy o‘n birinchi marta jazo kamerasiga yuborildi
Foto: Alexander Zemlianichenko/AP Photo/picture alliance
Koloniyada jazoni o‘tayotgan taniqli rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy o‘n birinchi marta jazo kamerasiga (JIZO) joylashtirildi, deb xabar qildi siyosatchi jamoasi 25 yanvar, chorshanba kuni Telegram'da. Avgust oyidan beri Navalniyga JIZOda jami 113 kun tayinlangan.

Xabarda Navalniyning o‘ziga ko‘rsatilayotgan bosimdan shikoyat qilgan bayonoti bor. «Bu menga siyosiy faoliyat bilan bog‘liq holda amalga oshirilayotgan murakkab bosim: ular senzurani joriy qilishdi, meni jazo kamerasida ushlab turishdi, oldimga ruhiy nosog‘lom odamni kiritib qo‘yishdi, advokatlarni kiritishmayapti, bu panjarani o‘rnatishdi», dedi siyosatchi.

Bir kun oldin, Germaniya poytaxti Berlinda, Rossiya elchixonasi binosi oldida Navalniy yuz kundan ortiq vaqt o‘tkazgan JIZO kamerasining nusxasi o‘rnatilgan. Obyektni muxolifatchining ukasi Oleg Navalniy va siyosatchining ittifoqchisi Leonid Volkov taqdim etgan. Volkovning so‘zlariga ko‘ra, JIZO kamerasining nusxasi boshqa Yevropa davlatlarida ham vaqtincha o‘rnatiladi.

Ayni paytda, Nobel mukofoti laureatlari Dmitriy Muratov va Mariya Ressa Navalniy taqdiriga aralashish iltimosi bilan Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasiga murojaat qilishdi. Ular o‘z maktubida Navalniy 2021 yil yanvarida hibsga olingan paytdan boshlab hamda koloniya va tergov izolatorida bo‘lgan vaqtida «tanib bo‘lmas darajada o‘zgarganini» qayd etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo