06:00 / 28.01.2023
283

Germaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan shaxs hibsga olindi

Germaniyada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan shaxs hibsga olindi
Germaniyada prokuratura va razvedka dekabr oyida hibsga olingan va Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblangan BND maxsus xizmati xodimining sherigi deb hisoblagan erkak davlatga xiyonat qilishda gumonlanib hibsga olindi.

Nemis prokuraturasi payshanba kuni ismini «Artur E.» deb aytgan Germaniya fuqarosi yakshanba kuni Myunxen aeroportida Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelganida hibsga olinganini e’lon qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Artur E. rossiyaliklarning dekabr oyida hibsga olingan va Rossiyaga maxfiy ma’lumotlarni uzatishda ayblangan Germaniya BND razvedka xizmati xodimi Karsten L. bilan aloqalarida oraliq bo‘g‘in bo‘lgan. Artur E., prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bu ma’lumotni L. Karstendan olgan va uni ruslarga uzatgan.

Artur E.ning o‘zi maxsus xizmatlar xodimi emas.

Nemis huquq-tartibot idoralari va razvedkasi Amerika Federal qidiruv byurosi yordamida uning iziga tushib, hibsga olgan.

Germaniyada so‘nggi paytlarda, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng, Yevropada rus josuslarining faolligi va ularning Germaniya maxfiy ma’lumotlariga qiziqishi kuchaygani haqida ko‘p aytildi va yozildi.

O‘tgan yilning oktabr oyida Germaniyaning Axborot xavfsizligi federal byurosi rahbari Arne Shyonbom ishdan bo‘shatildi, uni ZDF telekanali jurnalistlari Rossiya maxsus xizmatlariga doir shaxslar bilan aloqada bo‘lganlikda aybladi. Shyonbong davlat lavozimiga tayinlanishidan oldin Germaniyaning kiberxavfsizlik kengashini boshqargan va jurnalistlar ma’lum qilganidek, yaqin vaqtgacha uning tarkibiga Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqadorlikda gumon qilingan kompaniya kiritilgan.

Noyabr oyida 2014-2020 yillarda rus razvedkasini ma’lumotlar bilan ta’minlagan Bundesverning iste’fodagi podpolkovnigi, 65 yoshli Ralf G. qo‘lga olingan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo