
Foto: Videodan kadr
Yakshanbaga o‘tar kechasi Erondagi harbiy infratuzilma obyektlarida davomli portlashlar ro‘y berdi.
IRNA agentligi xabariga ko‘ra, Sharqiy Ozarboyjon provinsiyasidagi Shahid-Salimi shahrida motor moylari ishlab chiqariladigan yirik zavod yonib ketgan.
Eronda neftni qayta ishlovchi zavodlarda ham yong‘inlar ro‘y bergan pic.twitter.com/i8si2eOK3g
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) January 29, 2023
Tasnim yangiliklar agentligi xabar qilishicha, mamlakat markaziy qismidagi Isfahon provinsiyasida joylashgan o‘q-dori ishlab chiqariladigan harbiy zavod ham dronlar hujumiga uchragan.
Shuningdek Eron g‘arbidagi Dizful shahridagi aviabazada portlash ro‘y bergan, mamlakat g‘arbidagi Hamadon hamda mamlakat shimolidagi Risht shahrida portlash va yong‘inlar kuzatilgani xabar qilingan.
Tehronda ham portlash ovozlarini eshitishgan, mahalliy aholi ma’lumotiga ko‘ra, hukumat binolariga hujumlar uyushtirilgan. Guvohlar xabar qilishicha, Eron poytaxti osmoniga qiruvchi samolyotlar ko‘tarilgan.
Eronda neftni qayta ishlovchi zavodlarda ham yong‘inlar ro‘y bergan pic.twitter.com/i8si2eOK3g
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) January 29, 2023
Ayni vaqtda qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Eron mudofaa vazirligi Isfahondagi o‘q-dori ishlab chiqariladigan zavodga dronlar tomonidan hujum qilinganini tasdiqladi.
«2023 yil 28 yanvar kuni soat 23:30 atrofida mudofaa markazlaridan biriga dronlardan foydalangan holda muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirildi. Ulardan biri havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tushirildi, boshqa ikkisi mudofaa qopqonlariga tushib qoldi va portlab ketdi», deyiladi vazirlik bayonotida.
Eronlik harbiylarga ko‘ra, bino tomi «biroz shikastlangan».
Eron hukumati mamlakat harbiy obyektiga aynan qaysi mamlakat dronlari hujum qilganiga aniqlik kiritmagan.

Isfahon - shu nomdagi provinsiya markazi bo‘lib, Tehrondan 330 kilometr janubda joylashgan.
Al Arabiya telekanali xabariga ko‘ra, Isroil Eron harbiy sanoatini yo‘q qilish uchun ushbu mamlakat hududida maxsus harbiy amaliyot boshlagan.
Isroil tomoni bu xabar yuzasidan munosabat bildirmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar