
"Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan paytidan beri eng katta hujumga tayyorlanmoqda, zaxiralar va qurollarni ko‘paytirish kuzatilmoqda". Bu haqda NATO bosh kotibi Ens Stoltenberg Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz ular yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani, ko‘plab askarlar, 200 mingdan ortiq odam qo‘shimcha safarbar qilinganini ko‘rib turibmiz. Ular jadal ravishda qurol va o‘q-dori ishlab chiqarmoqda. Biz prezident Putin o‘zining umumiy maqsadini, ya’ni butun Ukrainani nazorat qilishni xohlayotganini ko‘ryapmiz”, dedi bosh kotib.
Avvalroq Wall Street Journal Ukraina bo‘yicha vaziyatda vaqt Rossiya tomonida ekanini ta’kidlagan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda ba’zi G‘arb rasmiylari to‘qnashuvlar qancha uzoq davom etsa, Kiyevning g‘alaba qozonish ehtimoli shuncha yuqori bo‘lishini ta’kidlagan.
Endi ular bu bayonotlarga shubha bilan qarashmoqda. Gazetaning ta’kidlashicha, rasmiylar Moskva har qanday muddati cho‘zilgan to‘qnashuvda g‘alaba qozona olishidan qo‘rqishadi. Ukraina Qurolli kuchlariga faol harbiy yordam berish aynan shu omil bilan bog‘liq, deb yozadi nashr.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar