12:08 / 02.02.2023
1 150

Rossiya qo‘shinlari Artyomovskni operativ qurshovga olishdi

Rossiya qo‘shinlari Artyomovskni operativ qurshovga olishdi
Artyomovsk operativ qurshovda, deya ma’lum qildi Donetsk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchisining yordamchisi Yan Gagin.

Bizning kuchlarimiz shahar tashqarisidan halqani birlashtirib kelishmoqda. Hozir Chasov Yar trassasi nazorati uchun jang olib borilmoqda”, - dedi Gagin "Rossiya 24" telekanali efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l Ukraina armiyasini ta’minlash uchun so‘nggi yo‘l bo‘lib qolmoqda.
Trassa qisman allaqachon nazorat qilinmoqda, u yerdan qurol-yarog‘ olib ketayotgan dushman kolonnalariga zarba berilgan. Men o‘ylaymanki, bu yo‘l nazoratga olindi va Artyomovsk ozod qilindi deb eshitishimizga juda oz qoldi”, - deya umid bildirdi Gagin.

Artyomovsk DXRning Kiyev nazoratidagi qismida, yirik Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Soledar Artyomovskdan taxminan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 yanvar kuni Rossiya qo‘shinlarining Artyomovsk — Seversk mudofaa chizig‘i markazidagi Soledarni ozod qilish operatsiyasi yakunlandi. Soledar ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatish janubi-g‘arbda joylashgan Artyomovsk shahrida Ukraina qo‘shinlarining ta’minot yo‘llarini uzib qo‘yish, keyin esa UQK bo‘linmalarini qurshovga olish imkonini beradi.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo