08:15 / 03.02.2023
676

Braziliyada vazni 7,3 kg bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi

Braziliyada vazni 7,3 kg bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi
Foto: baby.lovetoknow.com
Braziliyaning Parintinse shahridagi Padre Kolombo kasalxonasida og‘irligi 7,3 kilogramm, bo‘yi 60,9 santimetr bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda IFL Science xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, chaqaloq kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga kelgan. Oxirgi marta eng og‘ir chaqaloq 2016 yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning vazni 6,8 kilogrammni tashkil qilgan. Biroq vazn toifasida Italiyada 1955 yilda 10,2 kilogramm og‘irlikda tug‘ilgan bola mutlaq rekordchi hisoblanadi. Taqqoslash uchun, o‘rtacha kattalikda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar taxminan 3,3 kilogramm, qizlar esa taxminan 3,2 kilogramm bo‘ladi.

Fanda “gigant” chaqaloqlarni tasvirlash uchun "makrosomiya" (yunoncha ’katta tana’) atamasi ishlatiladi. Bu atama tana vazni 4 kilogrammdan ortiq bo‘lgan har qanday chaqaloqqa nisbatan qo‘llaniladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, makrosomiyaga uchragan chaqaloqlar 12 foiz hollarda tug‘iladi va homiladorlik qandli diabet bilan og‘rigan onalarda homiladorlik davrida qon shakar darajasi ko‘tarilganda, bu ko‘rsatkich 15 dan 45 foizgacha oshadi.

Lankaster universiteti qoshidagi Klinik anatomiya o‘quv markazi professori va direktori Adam Teylor “gigant” chaqaloqlarning tug‘ilish xavfini oshiruvchi omillarni nomladi.

Makrosomiya xavfining ortishi

Tana vazni. Misol uchun, vazni yuqori onalardan “gigant bola” tug‘ilishi xavfi ikki baravar oshadi. Qo‘shimcha omil homiladorlik paytida onaning ortiqcha vazn ortishi ham bo‘lishi mumkin.

Qandli diabet. Bu qisman homiladorlik davrida onaning insulinga qarshiligi kuchayishi bilan bog‘liq, bunda glyukoza darajasi oshadi va homilaga ta’sir qiladi.

Ona yoshi. Misol uchun, agar onaning yoshi 35 dan yuqori bo‘lsa, bu katta chaqaloq tug‘ilishi xavfini 20 foizga oshiradi. Bunda nafaqat onaning yoshi, balki ota yoshi ham rol o‘ynaydi

Bolaning jinsi. o‘g‘il tug‘ilishi makrosomiya ehtimolini oshiradi. Statistika shuni ko‘rsatadiki, o‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda 3 baravar ko‘proq gigant bo‘lib tug‘iladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo