22:19 / 03.02.2023
507

FAO: O‘n oydan beri oziq-ovqatlar narxi pasayishda davom etmoqda

FAO: O‘n oydan beri oziq-ovqatlar narxi pasayishda davom etmoqda
Jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari, rekord darajada qimmatlashgan 2022 yilning martidan so‘ng, o‘tgan 10 oy davomida tinmay pasaymoqda. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xabar berdi.

FAOning oziq-ovqatlar narxlari indeksi xalqaro narxlarning oyma-oy o‘zgarishini ifodalaydi. Unga ko‘ra, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi shu yilning yanvarida 131,2 punktni tashkil etdi, bu esa narxlar dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga, o‘tgan yil martidagi rekord narxga nisbatan 17,9 foizga pasayganini ko‘rsatadi.

Indeksning pasayishiga o‘simlik yog‘i, sut mahsulotlari va shakarning arzonlashishi ta’sir qildi. Don mahsulotlari narxi deyarli o‘zgarmagan.

O‘tgan oyda o‘simlik yog‘i 2,9 foiz, sut mahsulotlari 1,4 foiz, shakar 1,1 foizga arzonlashgan. FAO indeksiga ko‘ra, yanvar oyida go‘sht narxi deyarli qimirlamagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo