
AQSH va boshqa G‘arb davlatlari rasmiylari Ukrainada o‘lgan va yarador bo‘lgan rus qo‘shinlari soni 200 ming kishiga yaqinlashib qolganiga ishonmoqda, deb yozadi New York Times.
Baxmut va Soledar uchun janglarda ruslarning yo‘qotishlari sezilarli darajada oshdi, deb yozadi gazeta.
Moskva katta g‘alabaga juda muhtoj va Baxmutni butun sharqiy Donbassni egallashning kaliti, deb bilar ekan, oldingi saflarga yomon tayyorgarlikdan o‘tgan askarlar va sobiq mahbuslar yuborildi. Natijada, AQSH rasmiylariga ko‘ra, har kuni yuzlab harbiylar halok bo‘ladi yoki yaralanadi.
Kiyev haqiqiy raqamlarni oshkor etmayotganiga qaramasdan, Ukraina tomoni ham xuddi shunday yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda, deb yozadi gazeta. Zaxirada ko‘proq yaxshi tayyorlangan piyoda qo‘shinlar saqlanadi, kamroq o‘qitilgan qo‘shinlar, jumladan, hududiy mudofaa bo‘linmalari oldingi safga yuborilmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining qurbonlar haqidagi so‘nggi ommaviy hisoboti o‘tgan yilning noyabr oyida, birlashgan qo‘mondonlik qo‘mitasi raisi Mark Milli urush boshlanganidan beri har bir tomon 100 000 dan ortiq askarini yo‘qotgan va yaralanganini aytganida berilgan edi.
«Hozir bu ko‘rsatkich 100 000 dan oshib ketdi, deb aytgan bo‘lardim», dedi Milli yanvar oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
O‘sha hafta AQSHning yuqori martabali rasmiylari Rossiya qurbonlari soni 200 mingga yaqinlashganiga ishonishlarini aytishdi. Bu Afg‘onistondagi yigirma yillik urushda amerikaliklarning yo‘qotishidan sakkiz baravar ko‘p, deb yozadi nashr.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar