
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Italiyaga tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Joriy yil 29 yanvar - 2 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan tashrif davomida Italiya prezidentining diplomatik maslahatchisi Fabio Kasseze, Vazirlar kengashi raisining diplomatik maslahatchisi Franchesko Talo, mudofaa vaziri Gvido Krozetto, ichki ishlar vaziri Matteo Piantedozi, tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Edmondo Chiriyelli va Italiya hukumatining boshqa rasmiy shaxslari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tashrif doirasida Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yu, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi prezidenti Alvaro Lario, Italiya xalqaro tashkilotlar jamiyati vitse-prezidenti R.Sessa bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Tadbirlar chog‘ida siyosiy, iqtisodiy, savdo-investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.
Mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. 2023 yilga rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar