08:00 / 07.02.2023
575

Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 4350 nafardan oshdi

Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 4350 nafardan oshdi
Foto: AP
Hozirga qadar kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila oqibatida kamida 2921 kishi, Suriyada esa 1444 kishi halok bo‘lgan.

Anqara va Damashq rasmiylarining 6 yanvar, dushanba kuni ma’lum qilishicha, epitsentri Turkiya janubi-sharqida va qo‘shni Suriyada bo‘lgan zilzila oqibatida allaqachon 4300 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Turkiyada dushanba oqshomida tabiiy ofat oqibatida 2921 kishi halok bo‘ldi, 15834 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) rahbari Yunus Sezar, Anadolu agentligiga. AFP axborot agentligiga ko‘ra, Suriyada kamida 1444 kishi halok bo‘lgan, 3530 kishi yaralangan.

7,7 magnitudali zilzila epitsentri 7 km chuqurlikda bo‘lgan, Turkiya janubidagi Qahramanmarash viloyatida ertalab soat 4:17 da sodir bo‘lgan. Yerosti silkinishlarining oqibatlari Turkiya va qo‘shni Suriyaning ko‘plab hududlariga ta’sir ko‘rsatdi. Yer silkinishlari kun davomida davom etdi.

Bu falokat Turkiya tarixidagi 1939 yildan beri eng kuchlisi bo‘ldi. O‘shanda 7,8 magnitudali zilzila natijasida 33 mingdan ortiq odam halok bo‘lgandi.

Jahon hamjamiyati ikki davlatga o‘z yordamini taklif qildi. Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Shvetsiya zilzila munosabati bilan Yevropa Ittifoqidagi falokatga javob berish eng yuqori tizimini - Integratsiyalashgan siyosiy inqirozga javob berish (IPCR) mexanizmini joriy qilishni boshladi. Bunday mexanizm Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, institutlari va boshqa tomonlar darajasida qaror qabul qilishni osonlashtirish va tezlashtirish uchun ishlab chiqilgan.

Bryussel o‘ndan ortiq qidiruv-qutqaruv guruhlarini safarbar qildi, xaritalash xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘zining Copernicus sun’iy yo‘ldosh tizimini faollashtirdi va Suriyadagi jabrlanganlarni gumanitar yordam dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi, dedi Yevropa komissiyasi vakili.

Yevropadan tashqari, Rossiya, Ukraina, Isroil, AQSH va boshqa davlatlar rasmiylari ham o‘z yordamlarini taklif qilishdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo