
Foto: Anadolu
Turkiyaning Hatay viloyatida zilzila paytida yo‘qolgan 2 o‘zbekistonlik topildi. Bu haqda bosh konsullik axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston FVV vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.
7 fevral 17:00 holatiga ko‘ra 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan, 15 nafari qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa o‘rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, 17 nafar vatandoshlarimizni (bulardan 13 tasi sportchilar) zilzila sodir bo‘lgan hududdan Istanbulga kelishlariga yordam ko‘rsatildi. Qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar