
Turkiyada ro‘y bergan zilziladan so‘ng vayronalar orasidan odamlarni qidirish-qutqarish ishlari davom etmoqda.
Tabiiy ofatdan so‘ng necha soatlar, sutkalar o‘tdi, tiriklar topilaverarkan — odamlarning qalblarida ishonch so‘nmaydi.

Hatay viloyatida vayronalar orasidan 20 kunlik chaqaloq Karimning tirik topilishi — haqiqiy mo‘jiza. Naq uch sutka xarobalar orasida, och, sovuqda jon saqlagan.
Chaqaloqni olib chiqqan qutqaruvchilar darhol uni isitib, yangi kiyimlar kiydirishdi.

Karimning holati qoniqarli ekani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar