17:08 / 11.02.2023
383

AQSH osmonida yana bir noma’lum uchuvchi qurilma urib tushirildi

AQSH osmonida yana bir noma’lum uchuvchi qurilma urib tushirildi
AQSH harbiylari prezident Jo Baydenning buyrug‘iga binoan juma kuni Alyaska yaqinida 12,2 ming metr balandlikda joylashgan uchuvchi qurilmani urib tushirdi. Uning parchalari dengizga tushgan.

Bu haqda juma kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Tasdiqlashim mumkinki, Mudofaa vazirligi so‘nggi 24 soat davomida Alyaska havo hududida uchayotgan obyektni kuzatgan. Obyekt 40 ming fut (12,1 ming metr) balandlikda uchayotgan va fuqarolik parvozlari xavfsizligiga jiddiy tahdid solgan. Ehtiyot chorasi sifatida, Pentagon maslahati bilan, prezident Bayden harbiylarga obyektni urib tushirishni buyurdi, u bizning suv hududimiz ustida bo‘lgan", dedi koordinator.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar urib tushirilgan Xitoy sharidan ancha kichik bo‘lgan qurilma qoldiqlarini topishni rejalashtirmoqda. Oq uy vakilining ta’kidlashicha, qurilma haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar qurilma qaysi davlatga tegishli ekanini hali aniqlamagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo