15:00 / 12.02.2023
202

Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 30 mingga yaqinlashdi

Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 30 mingga yaqinlashdi
Foto: Anadolu
Turkiyada yuz bergan dahshatli zilzila qurbonlari soni 24 617 kishiga yetdi, jarohatlanganlar 80 mingdan oshiqni tashkil qilmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Fahreddin Koja ma’lum qildi.

Zilzila oqibatida qo‘shni Suriyada hozirgacha 4 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deb yozmoqda Al-Jazeera. Al-Hadat nashriga ko‘ra, qurbonlar soni 5 200 nafardan oshgan.

Suriyadagi yaradorlar soni haqida so‘nggi ma’lumotlar berilmagan.

6 fevral kuni Turkiyada 7,7 va 7,8 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. 11 fevral oqshomida seysmologlar 2100 dan ortiq yerosti silkinishini qayd etgan. Vayronkor zilzila boshqa qo‘shni mamlakatlarda, jumladan, Livan, Shimoliy Kipr Turk respublikasi, Gretsiya Kipri va Iroqda ham sezildi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakatda tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarim tushirilgan holatda bo‘ladi.

Turkiyadagi zilzila yuz berganidan so‘ng 90 dan ortiq davlat o‘z yordamini taklif qildi. Ular qatorida O‘zbekiston ham Turkiyaga 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv otryadini jo‘natdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlari soni 30 mingga yaqinlashdi