![Turkiyadagi zilziladan keyin 11 kundan so‘ng ikki erkak qutqarildi](/uploads/posts/2023-02/thumbs_b_c_eb0f0489eb48d57e63519a2dc08ead78.jpg)
Zilziladan 11 kun o‘tib Antokiyaning Odaboshi tumanida 26 yoshli Mehmet Ali Shokiro‘g‘li va 34 yoshli Mustafo Avji vayronalar ostidan qutqarildi.
Antokiyaning Odaboshi ko‘chasida vayronalarni tozalayotgan qutqaruv guruhi vayron bo‘lgan uyning plitalari orasida qolib ketgan ikki fuqaroni qutqardi.
Ular Qahramanmarashdagi zilziladan 261 soat o‘tib qutqariladi. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan.
11 kun sovuq beton orasida och va tashna holda qolgan kishilar haqida professor Alptekin Yasim shunday deydi:
«Shuncha kun hech narsa yemagani va ichmaganiga qaramay buyrak ishlash funksiyasining bu darajada saqlanib qolishini meditsina tomonidan izohlab bo‘lmaydi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar