![Isroil delegatsiyasi Afrika sammitidan «quvib yuborildi»](/uploads/posts/2023-02/1676799605_920__95_752614860.jpg)
Isroil delegatsiyasi a’zolari Efiopiyaning Addis-Abeba shahridagi Afrika ittifoqi sammiti yig‘ilishi o‘tkaziladigan zaldan chiqarib yuborildi. Bu haqda «Time of Israel» nashri mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Lior Hayatga asoslanib xabar bermoqda.
Isroilning «Walla» portali voqea haqida birinchi bo‘lib xabar berdi, deb yozadi gazeta. Nashr majlislar zalidan videoni joylashtirgan. Unda xavfsizlik vakili Isroil delegatsiyasi oldiga kelib, ulardan hududni tark etishni so‘ragani qayd etilgan.
Delegatsiyaga Isroil tashqi ishlar vazirining Afrika bo‘yicha o‘rinbosari Sharon Bar-Li boshchilik qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik diplomatlar tadbir boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib uni tark etishgan.
Isroil tomoni mazkur harakatni «Eron tomonidan boshqariladigan Jazoir» va JARning ishi deya baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar