09:15 / 20.02.2023
363

Zilziladan so‘ng Turkiya ko‘chmas mulk bozorida vaziyat qanday?

Zilziladan so‘ng Turkiya ko‘chmas mulk bozorida vaziyat qanday?
Foto: Day.az
Turkiyadagi zilziladan so‘ng mamlakat ko‘chmas mulk bozorida bir muddat turg‘unlik kuzatiladi. Davlat qurilishlarni jiddiy nazorat qilishi, me’yor va standartlarni qattiqlashtirishi ortidan uy-joylar narxlari oshishi mumkin. «Avito. Ko‘chmas mulk» mutaxassislari shunday prognoz qilishmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Turkiyada uy-joyga talab yaqin orada past bo‘ladi. Shuning barobarida, tabiiy ofatlar har doim ham bozorga kuchli ta’sir etmasligi ta’kidlab o‘tilgan.

6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqi va Suriyaning chegaradosh hududida 7,8 va 7,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada qurbonlar soni 40 642 nafarga yetgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo