20:40 / 20.02.2023
671

Baydenning Kiyevga maxfiy safari qanday tayyorlangani ma’lum qilindi

Baydenning Kiyevga maxfiy safari qanday tayyorlangani ma’lum qilindi
Foto: The New York Times
AQSH prezidenti Jo Bayden 20 fevral kuni poyezdda Kiyevga yashirin tashrif buyurdi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bayden dastlab Polshaga parvoz qilgan va u yerdan temiryo‘l orqali Ukraina poytaxtiga yo‘l olgan.

20 fevral, dushanba kuni prezident Bayden Polshaga tashrif buyurgach, bir soatlik poyezd yo‘lidan so‘ng Ukraina poytaxtiga yashirin safar qildi va o‘z ma’muriyatining Rossiyaning mamlakatga bostirib kirishi davom etayotganiga nisbatan qat’iyatini namoyish etdi”, — deyiladi xabarda.

AQSH prezidentining tashrifi xavfsizlik nuqtai nazaridan yashirin tarzda o‘tkazilgan. U 18 fevral kechqurun rafiqasi bilan kechki ovqatdan so‘ng Vashingtonni tark etgan. 19 fevral kuni Oq uy 20 fevral kungi prezidentning ochiq jadvalini e’lon qilgan. Unda AQSH prezidenti hali ham Vashingtondaligi va kechqurun Varshavaga Polsha prezidetni Anjey Duda bilan uchrashish uchun borishi keltirilgan.

Bayden Ukraina poytaxtiga urushning ichki va xorijdagi hal qiluvchi pallasida keldi. Amerikaning eng ishonchli ittifoqchilaridan ba’zilari Ukrainani Rossiyaga hududlarni o‘tkazishni o‘z ichiga oladigan tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga undamoqda”, — dedi NYT.

Hozirda Bayden va Zelenskiy o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tmoqda, AQSH prezidenti Ukrainaga budjet yordami ko‘rinishida “milliardlar” olishiga va’da berdi.

Oldinda og‘ir kunlar, haftalar va yillar bor. Putinning maqsadi Ukrainani xaritadan o‘chirishdir”, — deya qo‘shimcha qildi Amerika yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, 20 fevral kuni Jo Bayden Kiyevga Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun kelgani ma’lum bo‘ldi. Havo hujumi sadolari ostida u Sofiya maydonida halok bo‘lgan himoyachilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo