715
Ukraina Milliy xavfsizligi: “Tanklarimiz Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lganida urush tugaydi”
![Ukraina Milliy xavfsizligi: “Tanklarimiz Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lganida urush tugaydi”](/uploads/posts/2023-02/photo_2023-02-20_23-47-42.jpg)
Foto: Reuters
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov urushning tugash shartini aytdi. U The Sun nashriga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.
Danilovning so‘zlariga ko‘ra, urush “Ukraina tanklari Qizil maydonda bo‘lganida tugaydi” va bu adolatli yechim hisoblanadi.
“Bu urushni biz boshlamadik. Ularni Ukrainaga chaqirganimiz yo‘q. Bizning hududimizga bostirib kirishdi — ayollarimizni, bolalarimizni, qariyalarimizni va tinch aholini o‘ldirishdi. Agar ularga to‘g‘ri javob qaytarmasak, ular boshqa davlatga bostirib kirishi vaqt masalasidir. Putin Rossiyani vayron qilgan shaxs sifatida tarixga kiradi”, — deydi Danilov.
Shuningdek, u Rossiya rahbari Vladimir Putinni Gitlerga qiyoslab, u tarixga Rossiyani vayron qilgan odam sifatida kirishini aytdi.
“Keyingi 12 oydagi eng katta tashvishim shuki, G‘arb Rossiya parchalanib ketishini tushunmaydi. Buning sodir bo‘lishi muqarrar. Jarayon xuddi vulqon otilishiga o‘xshaydi. Bu allaqachon boshlangan va uni to‘xtatib bo‘lmaydi”, — deydi u.
Danilov Kreml Ukrainani Shimoliy va Janubiy Koreya kabi parchalab, Rossiyaga g‘alaba illyuziyasini taqdim etish niyatidaligini qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar