21:53 / 22.02.2023
1 847

OAV: Baydenning Kiyevga tashrifi fonida Putinning sog‘lig‘i yomonlashdi

OAV: Baydenning Kiyevga tashrifi fonida Putinning sog‘lig‘i yomonlashdi

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimri Putinning sog‘lig‘ida muammo yuzaga kelgani ma’lum qilindi. Bu haqda Kremlga aloqador manbalariga tayanib, Express xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyevda bo‘lgan payti (21 fevral kuni) Rossiya prezidenti “yana tibbiy ko‘rikdan” o‘tgan. Kreml rahbarida kasallik qo‘zg‘agani aytilmoqda. 70 yoshli prezident endi mart oyi boshida davolanishi kerakligi, bu uning urush paytida Rossiyani boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishi xabar qilingan.

Nashrnig ta’kidlashicha, yaqinda o‘tkazilgan muolajalar kutilgan natijani bermagan, 5 martdan boshlanadigan tekshiruv natijalariga ko‘ra unga yangi muolaja tayinlanadi. Express mazkur ma’lumotlarni tekshirish iloji yo‘qligini xabar qilgan. Bu Putinning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkinligi haqidagi so‘nggi xabar emas.

Putinning sog‘lig‘i haqidagi so‘nggi ma’lumotlar

Putinning davolab bo‘lmaydigan kasalligi haqidagi mish-mishlar anchadan beri tarqalib kelmoqda. 2022 yil sobiq KGB agenti paranoyya va xoinlardan qo‘rqish Putinni aqldan ozdirayotganini aytgandi. OAVda Putinning sog‘lig‘i keskin yomonlashayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan. Xususan, u saraton va Parkinson kasalligiga chalingani aytilgan.

Shu bilan birga, ba’zi ekspertlar Putinni ataylab kasal qilib ko‘rsatishayotganini aytmoqda. Bundan maqsad Putinga qarshi biron bir jiddiy maxsus operatsiya o‘tkazish mantiqiy emasligi, chunki u baribir “vafot etishi” yoki “hokimiyatni” yo‘qotishi keltiriladi. Jurnalist Dmitriy Gordonning fikricha, Putinning kasalligi haqidagi gaplar Federal xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo