Xitoyda yosh oilalarga nikoh ta’tili beriladi, maqsad — mamlakatda tug‘ilishni oshirish. Bu haqda Asia One xabar berdi.
Xitoy OAV xabarlariga ko‘ra, ta’til kunlari qancha bo‘lishini provinsiyalarning o‘zlari belgilaydi. Masalan, Gansu va Shansi provinsiyalari yosh oilalarga eng ko‘p ta’til (30 kun) bersa, Shanxay — 10 kun, Sichuan atigi 3 kun beradi.
Xitoyda aholi soni keskin kamayishni boshlagan, bu 1985–2015 yillarda amalda bo‘lgan, aholi sonini kamaytirish maqsadida joriy etilgan «bir oilaga — bir bola» siyosatining oqibati. Qolaversa, ta’lim olish qimmatlashib ketgani tufayli ko‘plab xitoyliklar birgina farzandli bo‘lishni ham istashmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing